Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir necha davlat fuqarolarining AQShga kirishi taqiqlanishi mumkin

Bir necha davlat fuqarolarining AQShga kirishi taqiqlanishi mumkin

Vashingtonda fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, taqiq amerikalik hamkasblari bilan ma’lumot va hujjatlarni «baham» ko‘rishni istamagan davlatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Hozirda bunday taqiqga tushib qolishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni beshta deya tahmin qilinmoqda. Donald Tramp ma’muriyatining fikricha, davlatga kirishni taqiqlash yuqoridagi muammoning eng samarali yechimi hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash joizki, AQSh hukumati taqiqlarni bir vaqtning o‘zida barcha davlarga nisbatan qo‘llamoqchi emas. Cheklov choralari har bir mamlakatning o‘ziga hos xususiyatlarini va AQSh bilan muloqot qilishga tayyorligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring