Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT G‘azoni «yer yuzidagi do‘zax» deb atadi

BMT G‘azoni «yer yuzidagi do‘zax» deb atadi

Isroil armiyasining harakatlari natijasida G‘azo sektori «yer yuzidagi do‘zax»ga o‘xshaydi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi bayonotida aytiladi.

Agentlik bir kun oldin Rafahga qilingan hujumni «dahshatli» deb atadi.

Tashkilot G‘azoda xavfsiz joy qolmaganini ma’lum qildi va Rafah hududida o‘z xodimlari bilan aloqani yo‘qotganini bildirdi. «Biz ularni (agentlik xodimlarini) topa olmayapmiz va hududda boshpana topgan barcha qochqinlarning xavfsizligidan juda xavotirdamiz», deyiladi bayonotda.

Bir kun avval Isroil armiyasi Rafah shahrida qochqinlar lagerini o‘qqa tutdi. Hujum oqibatida kamida 40 falastinlik halok bo‘lgan.

Avvalroq, Xalqaro sud Isroilga Rafahga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni buyurgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring