Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolgariya ikki davlatni xavfdan ogohlantirdi

Bolgariya ikki davlatni xavfdan ogohlantirdi

Foto: «RIA Novosti»

«Bolgariya tashqi ishlari vaziri Gretsiya va Turkiyaga nota jo‘natib, Maritsa va Ardas daryolarining sathi ko‘tarilishidan ogohlantirdi», — deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Bu ikkala daryo Gretsiya va Turkiya hududidan oqib o‘tadi.

Ardas daryosi atrofida yaqin kunlarda kuchli yog‘ingarlik kutilayotgani, Bolgariyaning Ivaylovgrad to‘g‘oni to‘lishi tufayli hukumat qo‘shni davlatlarni ogohlikka chaqirayapti. Mamlakatdagi gidroelektr stansiyalari tunu kun ishlayapti.

Bolgariya, shuningdek, Turkiyani Maritsa daryosining sathi ko‘tarilishidan ogohlantirdi. Kecha suv sathi me’yoridan ham past bo‘lgan. Lekin yog‘ingarchiliklar tufayli ko‘tarilib ketish xavfi bor. Chorshanba va payshanba kunlari daryo sathi juda yuksaladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bolgariya tashqi ishlar vaziri atrofdagi mamlakatlar bilan suv xo‘jaligi bo‘yicha doimiy aloqada ekan. Zarur bo‘lib qolsa Gretsiya va Turkiyaning Sofiyadagi elchixonalarini ogohlantiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring