Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Derazadan tushib ketgan sayyoh yana bir insonning boshiga yetdi

Derazadan tushib ketgan sayyoh yana bir insonning boshiga yetdi

Foto: «Dailymail.co.uk»

Ispaniyada mehmonxonaning yettinchi qavatidan yiqilgan britaniyalik sayyoh mahalliy fuqaroning ustiga kelib tushgan. Voqea oqibatida ikkala erkak ham hayotdan ko‘z yumishgan, deya xabar berdi «Daily Mail» gazetasi.

Nashrning yozishicha, baxtsiz hodisa shanba kuni oqshom Marbel kurortida joylashgan besh yulduzli «Melia Don Pepe» mehmonxonasida yuz bergan.

Oilasi bilan sayohat qilayotgan 50 yoshli britaniyalik noma’lum sabablarga ko‘ra xonasining derazasidan tushib ketgan. Natijada sayyoh o‘sha paytda mehmonxona derazalari ostidagi ayvonchada bo‘lgan 43 yoshli erkakning ustiga kelib tushgan. Dam olishga kelgan ikkala erkak ham vafot etgan.

Ayni vaqtda politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring