Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Bu – fantaziya”. To‘qayev ekspertlarning taxminini rad etdi

“Bu – fantaziya”. To‘qayev ekspertlarning taxminini rad etdi

Ayrim ekspertlar Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan parlament islohotidan ko‘zlangan maqsad davlat boshqaruvi tizimida parlament spikeri vakolatlarini yanada kuchaytirish ekani, Qosim-Jo‘mart To‘qayev mazkur lavozimni o‘ziga hozirlayotgani haqidagi taxminni ilgari surmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev “Turkistan” gazetasining joriy yil 5 yanvar sonida chop etilgan intervyusida ushbu iddaoni rad etgan.

“Bu – fantaziya, xolos. Bunday da’volar mening siyosiy prinsiplarimga ziddir. Men Qozog‘iston prezidentlik boshqaruviga asoslangan davlat ekanini ko‘p bora aytganman. Oqo‘rdaga kelgunga qadar, 8 yil avval “Kuchli prezident – nufuzli parlament – hisobdor hukumat” konsepsiyasini ilgari surganman. Shaxsiy manfaat yo‘lida butunboshli davlat tizimini o‘zgartirish mas’uliyatsizlikning haddi a’losi bo‘lur edi. Men buni nomaqbul ish deb atayman.

Mamlakat uchun muhim islohotlar umumxalq referendumiga qo‘yiladi. Bu borada qandaydir yashirin niyat-maqsadga o‘rin yo‘q. Mening pozitsiyam barchaga ma’lum: ciyosiy islohotlar davom ettiriladi. Uzoq muddatli rejalarning bir qismi, odatdagidek, yaqin muddatda e’lon qilinadi”, – degan Qozog‘iston rahbari.

Q.To‘qayev 2026 yil Qozog‘iston taqdirida muhim yil bo‘lishi, mamlakatning uzoq yillik taraqqiyot vektorini belgilab beradigan hodisalar ro‘y berishini ta’kidlagan. Jumladan, Konstitutsiyani isloh qilishga oid ishlar amalga oshirilishini qayd etgan.

Intervyu mobaynida siyosatchi ichki va tashqi siyosatga oid ko‘plab muhim masalalarga oydinlik kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring