Denver aeroportida samolyot uchish yo‘lagidagi odamni urib ketdi
AQShning Denver xalqaro aeroportida Airbus A321 samolyoti uchish yo‘lagida bo‘lgan odamni urib ketdi. Hodisa Frontier Airlines aviakompaniyasining Los-Anjelesga yo‘l olgan reysi uchishga tayyorlanayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot uchish yo‘lagiga harakatlanayotgan vaqtda noma’lum shaxs kutilmaganda maydonga chiqib qolgan. Nega u yerda bo‘lgani hozircha aniq emas.
Dispetcherlar bilan muzokara yozuvida uchuvchi: «Biz to‘xtayapmiz. Hozirgina kimnidir urib yubordik», – degan. Shundan so‘ng dvigatelda yong‘in chiqqani ham xabar qilingan.
Hodisadan keyin aeroportdagi yaqin samolyotlar harakati to‘xtatilgan, yong‘in-qutqaruv xizmatlari voqea joyiga yuborilgan. Yo‘lovchilar esa avtobuslar orqali terminalga evakuatsiya qilingan.
Ayni paytda Frontier Airlines va politsiya hodisa bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan. Tergovni AQSh Milliy transport xavfsizligi kengashi olib bormoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter