Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Devid Bekhem marhum qirolicha bilan vidolashish uchun 12 soatdan ko‘p navbat kutdi

Devid Bekhem marhum qirolicha bilan vidolashish uchun 12 soatdan ko‘p navbat kutdi

Foto: Sky News

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi va sardori Devid Bekhem marhum qirolicha Yelizaveta II tobuti saqlanayotgan Vestminster saroyiga kirish uchun 12 soatdan ziyod navbatda turdi, deb xabar berdi Sky News.

Sky News jurnalistlari mahalliy vaqt bilan soat 14:00 lar atrofida Bekhemni suhbatga tortib, 12 soatdan buyon navbat kutayotganini aniqlashdi. Sobiq futbolchi Buyuk Britaniyaning «o‘zgacha» qirolichasiga ehtirom ko‘rsatish uchun kelganini aytdi.


Mavzuga oid: Yelizaveta II tobuti oldida navbatchilik qilayotgan qo‘riqchi hushidan ketib yiqildi (video)


Bekhemning ta’kidlashicha, hayotida britan monarxiyasi bilan bog‘liq eng esda qolarli voqea unga Britaniya imperiyasi ordeni topshirilgani bo‘lgan. «Juda omadim kelgan, bir necha marta Hazrati oliyalari bilan yonma-yon turish baxtiga musharraf bo‘lganman. Bugun qayg‘uli, ammo eslab qolish kerak bo‘lgan kun», — dedi Bekhem.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring