Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Do‘konda ikki yoshli bola onasining sumkasidan qurol topdi va o‘q uzdi

Do‘konda ikki yoshli bola onasining sumkasidan qurol topdi va  o‘q uzdi

iStockPhoto.com

Amerikaning Ogayo shtati Ueverli shahrida yashovchi ayol farzandiga ko‘z-quloq bo‘lmadi va o‘ziga tegishli bo‘lgan qurolni nazoratsiz qoldirdi, oqibatda...  

Ayolni har galgidek Walmart do‘konidagi chegirmalar o‘ziga ohanrabodek tortdi. Xarid paytida u shu qadar hayajonlandiki, hatto 2 yoshli bolasi qanday qilib sumkasini kovlayotganini payqamadi. Natijada bola sumkadagi qurolni olib, tepkini bosib yubordi. To‘g‘ri, daydi o‘qdan birorta odam shikastlanmadi, ya’ni o‘q faqat shiftga urilgan. Ammo go‘dak qo‘rqib ketganidan yiqilib, peshonasidan yengil jarohat olgan.

Ayol bolani nazoratsiz qoldirgani, hayotiga xavf soladigan sharoitni yaratganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. Mahalliy politsiya yana bir bor barcha qurol egalariga bunday xavfli narsalarni saqlashga juda mas’uliyat bilan yondashish kerakligini eslatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring