Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng baland mehmonxona ochildi

Dunyodagi eng baland mehmonxona ochildi

Foto: «Wsp.com»

19-iyun kuni Shanxayda dunyodagi eng baland J Hotel Shanghai Tower mehmonxonasi rasmiy ravishda ochilib, mehmonlarni qabul qilishni boshlab yubordi. Bu haqda The paper xabar bermoqda.

Yangi hashamatli mehmonxona Shanhai Tower osmono‘par binosida joylashgan (632 metr). U dunyodagi eng baland — Dubayning 828 metrlik Burj Khalifa osmono‘par binosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Mehmonxonaning so‘nggi 120-qavatida restoran joylashgan. Qariyb 557 metr balandlikdan megapolisni bemalol tomosha qilish mumkin. Yemakxona Ginnesning rekordlar kitobiga eng baland restoran sifatida kiritilishidan umid qilmoqda.

Mehmonxona lobbisi 474 metr balandlikdagi 101-qavatda joylashgan. Xonalar 86 va 98-qavatlar orasida joylashgan. Shuningdek, mehmonxonaning 84-qavatida — 393 metrda balandlikda basseyn mavjud. Mehmonxonada jami 165 ta xona, shu jumladan, 34 ta lyuks xona bor.

Osmono‘par bino 2015-yilda 15 milliard yuan (2,3 milliard dollar) sarflab qurib bitkazilgan. Shuningdek, binoda 118-qavatda ofis xonalari, do‘konlar, restoranlar va Xitoyning eng baland kuzatuv maydonchasi joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring