Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yekaterinburgda cherkov qurilishiga qarshi bo‘lgan namoyishchilar qo‘lga olindi

Yekaterinburgda cherkov qurilishiga qarshi bo‘lgan namoyishchilar qo‘lga olindi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi shahar bog‘ida cherkov qurilishiga qarshi bo‘lganlar katta namoyish uyushtirishdi. Xabar qilinishicha, namoyishga chiqqanlardan 26 kishi hibsga olingan.

Cherkov qurilishiga qarshi namoyishlar 13 may, dushanba kuni boshlangan edi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda unda 2000 dan oshiq insonlar ishtirok etgan. Namoyishchilar ikki marta qurilish bo‘layotgan joyni to‘sib turuvchi panjarani buzib, ichkariga kirishgan. Hukumat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatar tizimini ishga soldi.

Garchi mahalliy aholi tomonidan kuchli noroziliklar bo‘layotganiga qaramay, hukumat tomonidan ma’lum qilinishicha, muzokaralardan so‘ng cherkov qurilishi davom etadi. 2023 yilda Yekaterinburg shahrining 300 yilligi nishonlanadi va o‘sha sana munosabati bilan hukumat cherkov qurishni rejalashtirmoqda.

Shahar aholisining qarshiligi tufayli ikki marta qurilish qoldirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring