Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning eng ifloslangan shahri qaysi?

Yevropaning eng ifloslangan shahri qaysi?

Foto: «Global Look Press»

«Pollution Index 2018 Mid Year» reytingi ma’lumotlariga ko‘ra, Makedoniyaning Tetovo shahri 97,57 indeksi bilan Yevropaning eng ifloslangan shahri deb topildi. 

Tetovodan so‘ng ro‘yxatdan Italiyaning Neapol shahri (84,61), Makedoniya poytaxti Skope (82,17) shaharlari joy oldi.

Shuningdek, eng ifloslangan shaharlar 10taligidan Albaniyaning Tirana, Italiyaning Turin, Ruminiyaning Buxarest, Bosniya va Gersogovinyaning Sarayevo, Polshaning Krakov, Bolgariyaning Plovdiv va Ukrainaning Kiyev shaharlari o‘rin oldi.

Tahlillarga ko‘ra, Finlyandiyaning Helsinki, Islandiyaning Reykyavik va Shveysariyaning Syurix shaharlari havosi nisbatan toza bo‘lgan shaharlar deb topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring