Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekologik jihatdan xavfli shaharlar nomi ma’lum qilindi

Ekologik jihatdan xavfli shaharlar nomi ma’lum qilindi

Foto:«RIA Novosti»

Dunyodagi ekologik jihatdan eng xavfli shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Aholi punktlari ro‘yxati GGMCF loyihasi tomonidan taqdim etilgan.

Reyting ma’lumotlarini yig‘ish bilan Norvegiya, Shvetsiya, Amerika va Yaponiya olimlari shug‘ullandi.

Janubiy Koreya poytaxti Seul havosi eng iflos shahar deb topildi. Bu shahar yiliga havoga 267,1 megatonna karbonat angidrid gazi chiqaradi.

Keyingi o‘rinlarni Guanchjou (272 megatonna), Nyu-York (233,5 megatonna), Gonkong (208,5 megatonna) Los-Anjeles (196,4 megatonna) band etgan.

Birinchi o‘nlikdan, shuningdek, Shanxay (181 megatonna), Singapur (161,1 megatonna), Chikago (152,9 megatonna), Tokio va Yokogama (132,8 megatonna) hamda ar-Riyoz (118,8 megatonna) joy olgan.

Havosi eng iflos shaharlar reytingida birinchi yuztalikdan Rossiyaning Moskva (15-o‘rin) va Sankt-Peterburg (79-o‘rin) shaharlari ham joy olgan. Bu shaharlarda har yili havoga 99,5 va 29,6 megatonna karbonat angidrid gazi chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring