Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert dollarning qulashini bashorat qildi: bunaqasi yaqin o‘n yillikda bo‘lmagan

Ekspert dollarning qulashini bashorat qildi: bunaqasi yaqin o‘n yillikda bo‘lmagan

Foto: «Xabar.uz»

Kelgusi yili AQSh dollari yevroga nisbatan 36 foizga qadrsizlanishi kutilmoqda. «AG Bisset» kompaniyasining valyuta risklarini boshqarish bo‘yicha bosh investitsiya direktori Ulf Lindalning prognoziga ko‘ra, AQSh valyutasini shunchalik qulash kutyaptiki, bunaqasi yaqin o‘n yillarda bo‘lmagan.

Dollardan hoziroq voz kechish kerakmi? Ekspertning ta’kidlashicha, shu yilning o‘zidayoq ko‘plar dollarlarini almashtirishni boshlab yuborgan. 2020 yilda dollar o‘zining eng yuqori qiymatidan 11 foizini yo‘qotdi, deya xabar berdi «Reuters».

Aksariyat sarmoyadorlar AQSh iqtisodiyoti pasayishi, past foiz stavkalari va xavotirlar fonida dollar qadrsizlanishini prognoz qilishyapti. Bundan tashqari, Amerika budjeti koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish dasturlari hisobiga tinmay shishib boryapti, deyiladi «Ekonomika segodnya» FBA xabarida.

«TD Securities» tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda dollar boshqa valyutalarga nisbatan 10 foiz ortiqcha baholab yuborilgan.

Ammo barcha ham dollarning qulashiga ishonmayapti. Masalan, «BlackRock» direktori Rik Riderning fikricha, dollar uchun qulash xavfi yo‘q, negaki, butun dunyo unga kuchli bog‘lanib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring