Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Ozarbayjonni Tog‘li Qorabog‘dagi «g‘alaba» bilan qutladi

Erdo‘g‘on Ozarbayjonni Tog‘li Qorabog‘dagi «g‘alaba» bilan qutladi

Foto: «RIA Novosti»

Ozarbayjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi strategik jihatdan muhim bo‘lgan Shusha shahrini o‘z nazorati ostiga olib, YeXHTning Minsk guruhi 30 yil bajara olmagan ishni uddaladi, Turkiya Ozarbayjonning quvonchiga sherik, dedi turk yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Avvalroq Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahrini o‘z nazoratiga olganini e’lon qilganini xabar berdik. Armaniston Mudofaa vazirligi vakili Arsrun Ovannisyan esa shaharda janglar davom etayotganini ma’lum qildi.

«Men o‘z nutqimni Ozarbayjonni Shushadagi g‘alabasi va yetti tumanni ozod qilishi bilan tabriklashdan boshlamoqchiman. Minsk guruhi 30 yildan beri mazkur muammoni hal eta olmagandi, bunga ortiq chidab bo‘lmasdi va, nihoyat, Ozarbayjon g‘alabaga erishdi. Bu umumiy g‘alaba yaqin qolganidan dalolat. Ozarbayjonning quvonchi — bizning ham quvonchimiz», — dedi Erdo‘g‘on Kojaeli shahrida so‘zga chiqqanda.

Tog‘li Qorabog‘dagi nizo 1988-yilning fevral oyida Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyati Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishini e’lon qilganidan so‘ng yuzaga kelgandi. Nizo qonli qurolli to‘qnashuvga sabab bo‘lgan. Nizoni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi doirasida 1992-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligini saqlab qolishga da’vo qilmoqda, Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring