Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron prezidenti keskin bayonot berdi

Eron prezidenti keskin bayonot berdi

Foto: RIA Novosti.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy agar Isroil hukumati mamlakatga qarshi harakat boshlasa Tel-Aviv va Hayfa shaharlari vayron bo‘lishini aytdi.

Eron prezidenti armiya kuni munosabati bilan qilgan chiqishida shunday bayonot bergan.

Harbiylarga murojaatida siyosatchi Eron armiyasi «yaxshi jihozlangan» va «xalq manfaatlari»ga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

«Amerika qo‘shinlari Yaqin Sharqni imkon qadar tezroq tark etishi kerak, chunki bu ularning o‘z manfaatlari va mintaqa manfaatlariga to‘g‘ri keladi», deydi siyosatchi.

Avvalroq, Isroil xavfsizlik kuchlari 4 aprel kechasi va 5 aprel subhida Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, namoz o‘qiyotgan yuzlab falastinliklarga nisbatan shovqinli granata, zaharli gaz, rezina o‘qlar bilan hujum qilgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring