Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron tarixidagi eng yirik qiymatli banknota muomalaga kiritildi

Eron tarixidagi eng yirik qiymatli banknota muomalaga kiritildi

Foto: Financial Times

Eron tarixidagi eng yirik — 10 million riallik banknota muomalaga kiritilmoqda, deb xabar berdi Financial Times.

Bu orqali hukumat tobora o‘sib borayotgan inflyasiyani jilovlashga va naqd pulga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga harakat qilmoqda.

Shu haftadan boshlab banklar qiymati taxminan 7 dollar bo‘lgan yangi 10 mln riallik banknotalarni tarqatishni boshladi. Eronliklar elektron tizimlar ishida uzilishlar bo‘lishidan qo‘rqib, bankomatlar oldida uzun navbatlarga tizildilar. Oqibatda banknotalar tezda tugab qoldi.

Yangi pushti rangli banknotaning old tomonida Yazd shahridagi IX asrga oid Jome masjidi, orqa tomonida esa 2500 yillik tarixga ega Bam qal’asi tasvirlangan.

Ushbu chora urush fonida Eron iqtisodiyoti qanchalik og‘ir ahvolda ekanligining yana bir isbotidir. 19 fevralga qadar bo‘lgan bir oy ichida inflyasiya darajasi 47,5 foizni tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring