Eron va AQSh o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyormiz — Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish uchun vositachilik rolini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini ma’lum qildi.
TRT Haber xabariga ko‘ra, Turkiya rahbari mintaqaviy voqealar va umumiy manfaatlar yuzasidan muhim bayonotlar bergan.
"Biz Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish va tinchlik muhitini mustahkamlashga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Muloqot va sog‘lom fikr orqali yechimga erishish bizning asosiy ustuvor vazifamizdir," deya ta’kidlagan Erdo‘g‘on.
Turkiya Prezidenti mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun hech bir tomon o‘zicha qadam tashlamasligi, muloqot kanallarini ochiq qoldirishi muhimligini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter