Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronda yana to‘rt kishi qatl etildi

Eronda yana to‘rt kishi qatl etildi

Eron Isroil razvedkasi uchun ishlagan va terakt tayyorlashda ayblangan to‘rt kishiga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi.

Mizan axborot agentligi xabariga ko‘ra, Eron mudofaa inshootida terakt tayyorlashda ayblangan to‘rt kishini qatl qildi. Sud qaroriga ko‘ra, qatl etilganlar «Mossad» (Isroil davlat razvedkasi) bilan aloqador bo‘lgan va Isfahondagi zavodda portlashni rejalashtirgan. Hukm 29 yanvar kuni ertalab amalga oshirilgan.

Mahkumlar hukm ustidan shikoyat qilishga uringan, biroq ularning shikoyati rad etilgan. Qatl Tehron shimolidagi qamoqxonada amalga oshirildi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Eronda 834 kishi qatl etilgan. 2023 yil 22 dekabrdan 2024 yil 21 yanvargacha bo‘lgan bir oy ichida mamlakatda 90 kishiga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring