Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlayapti

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi, keyinchalik AQSh bilan kelishib olinadigan, yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrotning aytishicha, bu agar Moskva Ukrainada sulh bitimini rad etishda davom etsa ishga tushishi mumkin.
«Biz, yevropaliklar, Amerikaning bu tashabbusini o‘n yettinchi sanksiyalar paketi bilan qo‘llab-quvvatlaymiz. Men kecha [АҚШ сенатори] Lindsi Gremga ushbu ikki sanksiyalar paketini ham mazmunan, ham vaqt jihatidan muvofiqlashtirishga harakat qilamiz, deb va’da bergan edim,», –dedi Barro.
Yangi sanksiyalar paketiga nimalar kiritilishi mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Fransiya TIV rahbari Vladimir Putinni Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi «yagona to‘siq» deb atagan va Kiyev «kelishuvning o‘ziga tegishli qismini bajarganini» ta’kidlagan.
Bir kun avval respublikachi senator Lindsi Grem uning 72 nafar hamkasbi Moskva tinchlik muzokaralaridan bosh tortgan taqdirda kiritiladigan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga doir qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter