Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropada jazirama: Fransiyada kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Yevropada jazirama: Fransiyada kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Yevropani qamrab olgan kuchli issiq to‘lqini oqibatida Fransiyada kamida 18 kishi vafot etdi. Qurbonlar orasida avtomobilda qoldirilgan ikki va to‘rt yoshli bola ham bor.

Fransiyaning bir qator shaharlarida harorat rekord darajaga yetdi. Bordoda havo +41,9 daraja, Puateda esa +41,2 darajani tashkil qildi.

Ispaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada ham g‘ayrioddiy issiq harorat kuzatilmoqda. Sinoptiklar ayrim hududlarda harorat +39 darajadan oshib ketishini prognoz qilmoqda.

Fransiyada so‘nggi ikki kunda 13 kishi cho‘kib ketgan. Mutaxassislar odamlarni faqat nazorat qilinadigan suv havzalarida cho‘milishga chaqirmoqda.

Mutaxassislar bu holatni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lab, Yevropa dunyo bo‘yicha eng tez isib borayotgan qit’aga aylanganini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring