Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropadan Fors ko‘rfazigacha temir yo‘l quriladi

Yevropadan Fors ko‘rfazigacha temir yo‘l quriladi

Tarixiy Hijoz temir yo‘li.

Foto: Wikipedia

Turkiya, Suriya va Iordaniya Janubiy Yevropa va Fors ko‘rfazini temir yo‘l orqali bog‘lamoqchi, deb xabar berdi Bloomberg.

Tomonlar temir yo‘l infratuzilmasini yangilashga kelishib olishgan.

4–5 yil ichida yakunlanishi rejalashtirilgan ushbu yirik loyiha keyinchalik Saudiya Arabistoni temir yo‘llari bilan tutashadi va mintaqaviy transport tizimida yangi davrni boshlab beradi, deyiladi xabarda.

Fors ko‘rfazidagi nizolar va Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovining cheklanishi global savdo uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Shu sababli, mintaqa davlatlari dengiz yo‘llariga qaramlikni kamaytirish uchun muqobil quruqlik yo‘llarini izlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring