Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Filippinda sobiq shahar hokimi 58 kishining o‘limida aybdor deb topildi

Filippinda sobiq shahar hokimi 58 kishining o‘limida aybdor deb topildi

Foto: «Cnnphilippines.com»

Filippin sudi Magindanao provinsiyasining nufuzli klan a’zosi Datu Andal Ampatuan Kichikni 2009-yilgi qirg‘in vaqtida 58 kishining o‘limida aybdor deb topdi. Bu haqda «CNN Philippines» telekanali xabar berdi.

U 40 yil turma yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Unsay nomi bilan tanilgan Datu Andal Ampatuan Magindanaoda Datu Unsay shahar meri bo‘lgan. U oila a’zolari ham bo‘lgan qurolli guruh bilan birga 58 kishini o‘ldirgan.

2009-yil noyabrda janubiy Magindanao provinsiyasida hukmronlik qiluvchi Ampatuan siyosiy klan tarafdorlari bo‘lgan 100 nafarcha qurollangan kishi shosseda raqiblari hisoblanmish Mangudadatu klaniga qarashli beshta mashinani qo‘lga oladi. Konvoy kelgusida yilda provinsiya gubernatori saylovlarida ishtirok etish uchun klan rahbari Esmael «Toto» Mangudadatu nomzodini rasman ro‘yxatga qo‘yish uchun Sharif-Aguak shahriga ketayotgan bo‘lgan. Nomzodning o‘zi konvoyda bo‘lmagan. Chunki u tahdidli maktub olgandi. Konvoyga esa xotini boshchilik qilgan.

Jangarilar 24 kishini turgan joyida otib tashlashgan. Qolganlari shossedan 10 kilometr uzoqlikda ko‘mish uchun oldindan hozirlab qo‘yilgan joyga olib ketilgan. U yerda ba’zilarini otib o‘ldirishgan, ba’zilarini esa machete bilan chopib tashlashgan. Jami 58 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Filippin janubining aksar qismi turli isyonchi guruhlar va klanlarning «xususiy qo‘shini»idan iborat nohukumat qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinadi. Ular o‘rtasidagi ziddiyat odatda saylovoldi kampaniyalari boshlanishi bilan avj oladi. Aholisi 92 million kishi bo‘lgan mamlakatda qariyb bir milliondan ortiq ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurollari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring