Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gavayidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 100 ga yaqin kishi qurbon bo‘ldi

Gavayidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 100 ga yaqin kishi qurbon bo‘ldi

Gavayi orollarda sodir bo‘layotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida 100 ga yaqin kishi vafot etdi. Bu haqda seshanba kuni gubernator Josh Grin ma’lum qildi.

Orol gubernatorining ta’kidlashicha, qurbonlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda. Hozircha faqat 4 nafar qurbonning shaxsi aniqlangan. Gubernator dushanba kuni qurbonlar soni 99 nafarga yetganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Maui orolida o‘rmon yong‘inlari 9 avgust kuni boshlandi. Kuchli shamol tufayli yong‘in tezda Laxayna sayyohlik shaharchasiga o‘tib, shaharcha butunlay yonib ketdi.

Gavayidagi yong‘inlar AQShda o‘tgan asrdagi eng halokatli yong‘inga aylandi. Ushbu tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar 6 milliard dollarga baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring