Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Grin-kartaga ariza topshirish shartlari qat’iylashtirildi

Grin-kartaga ariza topshirish shartlari qat’iylashtirildi

AQSh hukumati endilikda grin-karta olishni istagan xorijliklar arizani mamlakat ichida emas, faqat o‘z davlati hududidan turib topshirishi kerakligini ma’lum qildi.

AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati — U.S. Citizenship and Immigration Services bayonotiga ko‘ra, vaqtincha AQShda bo‘lib turgan chet el fuqarolari grin-karta uchun murojaat qilishdan oldin o‘z mamlakatiga qaytishi shart bo‘ladi.

USCIS vakili Zak Kalerning aytishicha, faqat «favqulodda holatlar»da istisno qilinishi mumkin. Shu sababli talabalar, vaqtinchalik ishchilar va turistlar AQShga tashrifni grin-karta olishning birinchi bosqichi sifatida ko‘rmasligi kerak.

Amerika rasmiylari bu qaror:

– immigratsiya xizmati resurslarini yengillashtirish;
– noqonuniy qolib ketish holatlarini kamaytirish;
– deportatsiya jarayonlariga ehtiyojni qisqartirish uchun qabul qilinganini bildirmoqda.

The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, AQSh har yili 1 milliondan ortiq grin-karta beradi va murojaatchilarning yarmidan ko‘pi hujjatlarni mamlakat ichida topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabrida AQSh DV1 grin-karta lotereyasini ham to‘xtatgan edi. Bu qaror Braun universitetidagi otishma hodisasidan keyin qabul qilingan. Tergovga ko‘ra, gumonlanuvchi AQShga aynan DV1 dasturi orqali kirgan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring