Hindiston va Xitoy rus neftidan voz kechmoqchi emas

Hindiston va Xitoy G‘arbning Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatish talabini rad etdi.
«AQSh va Yevropa Ittifoqining bosimiga qaramay, Hindiston Rossiya neftini olishni to‘xtatmadi», — deb xabar berdi The Times of India.
Xabarga ko‘ra, 2-3-avgust kunlari kamida to‘rtta tankerga rus nefti ortilib, Hindiston neftni qayta ishlash kompaniyalariga jo‘natilgan.
Xitoy Qo‘shma Shtatlarning Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatish talabini rad etgani haqida Associated Press XXR tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asoslanib xabar berdi.
«Xitoy har doim energiya ta’minotini o‘zining milliy manfaatlariga javob beradigan usullar bilan ta’minlaydi. Majburlash va bosim hech narsa bermaydi», — deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter