Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat boshqa partiyaga o‘tgan rafiqasi bilan ajrashishga qaror qildi

Deputat boshqa partiyaga o‘tgan rafiqasi bilan ajrashishga qaror qildi

Foto: «Depositphotos / HayDmitriy»

Hindistonda «Bxaratiya Janata» xalq partiyasi deputati Saumitra Xon «Trinamula Kongressi» milliy partiyasiga o‘tgan rafiqasi Sujata Mandala Xon bilan ajrashishga qaror qildi. Bu haqda «India Times» nashri xabar berdi.

Ayol matbuot anjumanida o‘z qarorini e’lon qilgach, kelgusida eri ham shunday yo‘l tutishiga umid qilgandi.

Lekin ko‘p o‘tmay erkak ham matbuot anjumani o‘tkazib, u bilan ajrashganligini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rafiqasining qilmishi «hammasiga nuqta qo‘ygan». Shundan so‘ng undan familiyasidan «Xon»ni olib tashlashni so‘ragan.

Ayol o‘z navbatida erining qaroriga partiyaning bosimi sabab bo‘lganmi, deb hayron qoldi. Shunga qaramay, ayol yangi partiyaga qo‘shilganidan juda mamnun.

Ta’kidlanishicha, er-xotin o‘n yil oldin bir-biri bilan tanishishgan, turmush qurganlariga besh yil to‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring