Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda jazirama issiq 29 kishining umriga zomin bo‘ldi

Hindistonda jazirama issiq 29 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: «Reuters»

Hindiston shimoli-sharqidagi Bihar shtatida, bir oydan oshdiki, jazirama issiq kuzatilmoqda, oqibatda shu paytgacha 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Times of India» gazetasi xabar berdi.

Nashr yozishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati — 25 nafari Avrangobod okrugidan, qolganlari Navada va Gayya okruglari fuqarolari. Qolaversa, yana 30 kishi issiq urishi oqibatida kasalxonalarga yotqizilgan.

Biharda bir necha haftadan beri bu mavsumga xos bo‘lmagan issiq havo hukm surmoqda — kunduzlari havo harorati 40 darajadan pasaymayapti. Nyu-Delida esa 10-iyun kuni simob ustuni 50 darajadan ham yuqorilab ketib, poytaxt shahar tarixidagi rekord o‘rnatildi.

Hindistonda bu yil mussonlarning kechikishi ana shunday jaziramaga sabab bo‘lmoqda. Sinoptiklar xabariga ko‘ra, 30 kundan oshdiki, mamlakatning shimoliy va markaziy hududlari o‘ta issiq havo iskanjasida qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring