Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda o‘limga olib keluvchi yangi virus tarqaldi

Hindistonda o‘limga olib keluvchi yangi virus tarqaldi

Foto: TRT

Hindistonda yana «Nipah» virusi xavf tug‘dirmoqda. May oyi boshidan beri ushbu virusdan 10 kishi halok bo‘ldi. 

Kerala viloyatida tarqalgan ushbu virus 10 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 94 kishi karantinga olingan.

Halok bo‘lganlar orasida virusni yuqtirib olganlarni  davolagan Lini Putxusseri ismli hamshira ham bor.

«Reuters» xabariga ko‘ra virus Kerala viloyatidan tashqari Karnatakada ham kuzatilgan.

«Nipah» virusi ko‘rshapalak va cho‘chqalardan o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra 1998 yildan beri bu virus Malayziya, Bangladesh va Hindistonda 260 dan ziyod kishining yostig‘ini quritgan.

JSST bu virusni «Ebola» va «Zika» kabi eng xavfli sakkizta kasallik ro‘yxatiga kiritdi.

Eng yomoni, virusga qarshi hanuz vaksina ishlab chiqarilmagan. Virusga chalingan kishining avvalo isitmasi oshadi, qayt qiladi. Mutaxassislar bu virusning odamdan odamga o‘tishini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring