Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi eng keng tarqalgan o‘lim sababi aniqlandi

Ikkinchi eng keng tarqalgan o‘lim sababi aniqlandi

Xalqaro tadqiqotchilar dunyodagi o‘lim holatlarining ikkinchi sababi nima ekanini ma’lum qilishdi, maxsus maqola The Lancet jurnalida e’lon qilindi.

Shu paytgacha eng ko‘p o‘lim yurak xurujini ham o‘z ichiga oluvchi yurak ishemik kasalliklari oqibatida yuz berayotgani ma’lum edi. Endi olimlar ikkinchi sababni ham aniqlashdi: bu — turli bakterial infeksiyalar.

2019-yilda jahon bo‘yicha har sakkizinchi o‘lim (7,7 million, 13,6 foiz)ga patogen mikroorganizmlar sabab bo‘lgan. Bu holatlarning yarmi tillarang stafilokokk, ichak tayoqchalari, Streptococcus pneumoniae pnevmokokk, klebsiyella pnevmokokk hamda ko‘kyiring tayoqchani yuqtirish oqibati sanaladi.

Ayniqsa, boy va qashshoq hududlar o‘rtasidagi tafovut yaqqol ko‘zga tashlanadi. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarida har 100 ming aholiga 230 tadan bakteriya kasalliklari oqibatidagi o‘lim holatlari to‘g‘ri kelmoqda. Solishtirish uchun: G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika va Avstralaziya (Avstraliya va unga yaqin orol-mamlakatlar)da bu ko‘rsatkich 52 taga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring