Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada dahshatli zilzila qurbonlari soni soatiga ko‘paymoqda

Indoneziyada dahshatli zilzila qurbonlari soni soatiga ko‘paymoqda

Foto: «Newsae.ru»

Indoneziyaning Sulavesi orolidagi 6,2 balli zilzila qurbonlari soni 78 kishiga yetdi, deya xabar berdi «Detik» yangiliklar portali.

Indoneziyaning G‘arbiy Sulavesi viloyati ma’murlari zilziladan keyin mintaqada favqulodda holat joriy etdi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarma boshlig‘i Doni Monardoning ta’kidlashicha, favqulodda holat yaqin 1-2 hafta ichida bekor qilinishi mumkin. Boshqarma Mamuju va Majene viloyat va tumanlariga 4 milliard rupiya (qarniyb 284 ming AQSh dollari) mablag‘ ajratdi. Shuningdek, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish doirasida chodirlar, adyol, niqob va boshqa zarur buyumlar yetkazib berilgan.

14-yanvar kuni Indoneziyada 6,2 balli yer osti silkinishlari sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida 60 dan ortiq bino, xususan, mahalliy gubernator ofisi hamda mehmonxonaga shikast yetgan.

«France Press» agentligi ma’lumot berishicha, 10 nafar shifokor va bemorlar ham kasalxona vayronalari ostida qolgan. Ayni paytda qutqaruv ishlari olib davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring