Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyada ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi

Indoneziyada ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi

Indoneziyaning Yava orolida shaharlararo qatnovchi ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi, natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Liputan6.

Halok bo‘lganlarning barchasi Indoneziya davlat temir yo‘l idorasi xodimlaridir. «Kompaniya poyezdning to‘rt xodimi, jumladan: muhandis, muhandis yordamchisi, boshqaruvchi va xavfsizlik xodimining vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda va hamdardlik bildiradi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Ikki poyezdda 478 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, 28 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, qolganlari evakuatsiya qilingan.

Indoneziyada temir yo‘l xavfsizligi jiddiy muammo hisoblanadi, deb ta’kidlaydi New York Times. Birgina 2010-2016 yillarda ushbu turdagi transportda 35 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan, 55 kishi halok bo‘lgan, yana 240 kishi jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring