Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beshinchi muddat bo‘lmaydi»: Jazoir prezidenti pensiyaga chiqishini e’lon qildi

«Beshinchi muddat bo‘lmaydi»: Jazoir prezidenti pensiyaga chiqishini e’lon qildi

Foto: «Lenta.ru»

Jazoirning amaldagi prezidenti Abdulaziz Buteflika yangi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi va 18-aprelga mo‘ljallangan davlat rahbarligi uchun saylovni boshqa muddatga ko‘chirdi.

«Beshinchi muddat bo‘lmaydi, hech qachon bunga intilmaganman. Salomatligim va yoshim yangi respublika qurishga hissa qo‘shayotgan Jazoir xalqi oldidagi burchimni bajarishimga imkon bermaydi», — dedi 82 yoshli siyosatchi.


Mavzuga oid: Nega jazoirliklar Buteflikaning «beshinchi prezident» bo‘lishiga qarshi?


Buteflika respublika yangi avlod jazoirliklar qo‘liga o‘tishini, hukumatda yirik o‘zgarishlar ro‘y berishini bildirdi. Buteflikaning aytishicha, tez orada umummilliy anjuman o‘tkazilib, bo‘lajak prezidentlik saylovlarining o‘tkazilish sanasiga aniqlik kiritib olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring