Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kemada koronavirusni yuqtirganlar soni uch baravar ko‘paydi

Kemada koronavirusni yuqtirganlar soni uch baravar ko‘paydi

Foto: «Cruisetips.ru»

«Diamond Princess» kruiz kemasi dushanba kuni Yaponiyaning Yokogama portidan safarga chiqadi. Ko‘p o‘tmay, yo‘lovchilaridan birida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ladi.

Yaponiyada kruiz laynerida koronavirusni yuqtirganlar soni uch baravar ko‘payib, 61 kishiga yetdi, deya xabar berdi «NHK» telekanali.

Avvalroq 20 kishi kasallangani ma’lum qilingandi.

Kema 20-yanvar kuni Yokogamadan Kagosima – Gonkong – Okinava yo‘nalishi bo‘ylab harakatini boshlaydi. U dushanba kuni Yokogamaga qaytib kelishi rejalashtirilgandi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchilardan biri, gonkonglik 80 yoshli otaxon Gonkongda sohilga tushadi va koronavirusni yuqtirib oladi. Dushanba kuni bir nechta yo‘lovchi betoblikdan shikoyat qiladi. Yaponiya hukumati kemani reydda saqlashga hamda 3700 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolarini tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring