Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Kim Çen In Putinga sovğa hozirlagani rostmi?

Kim Çen In Putinga sovğa hozirlagani rostmi?

Kim Çen In Rossiyadan qaytgan askarni taqdirlamoqda. Pxenyan, 2025 yil 12 dekabr.

Foto: KCNA

Ukraina rahbariyati Şimoliy Koreya Rossiyaga yana 30-50 ming askar yuborişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergandi. Xöş, bu maʼlumot qançalik töğri? Ekspertlar bu borada turli nuqtai nazarlarni ilgari surmoqda.

Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi sobiq rahbari Andrey Kovalenko 9-noyabr kuni Kreml Pxenyandan Ukrainaga qarşi kuzgi hujum uçun 30 mingdan ziyod qöşimça askar yöllaşni söragani haqida yozgandi. Unga köra, yaqin muddatda Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putin iştirokida sammit bölişi kerak edi. Ammo uşbu uçraşuv röy bermadi.   

Andrey Kovalenko fikriça, Pxenyan Moskvaning qöşimça askar yöllaş sörovini rad etgan bölişi mumkin. Negaki, Şimoliy Koreya uçun Rossiya okkupatsiyasi ostidagi Donetsk hududlariga hujumda mamlakat fuqarolarining iştiroki «qizil çiziq» sanaladi.

Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatining sobiq direktor örinbosari Xan Gi Bom ham hozirça Pxenyanning Moskva söroviga ijobiy javob berişi ehtimoli past degan fikrda. 

1979-yilda Şimoliy Koreyadan Janubga qoçib ötgan askar, hozirda Seuldagi Şimoliy Koreyani örganiş butunjahon instituti (WINKS) rahbari An Çxan Il taʼkidiça, Rossiya jang maydonidagi öz ehtiyojlarini KXDRdan qöşimça harbiylarni jalb qiliş xarajatlari bilan soliştirib köradi. Demak, ruslarda ham şimoliy koreyalik askarlarni jalb qilişni çeklaş uçun asoslar mavjud.

Dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi sobiq rahbari Andrey Kovalenkoning qayd etişiça, Rossiyaning Voronej viloyatida hali ham şimollik raketaçilar bölinmasi mavjud. Şuningdek, frontga yaqin hududlarda şimoliy koreyalik dron operatorlari, muhandislar, sapyorlar va boşqa harbiy xizmatçilardan iborat 8500 kişilik kontingent qolmoqda. 

Joriy yil sentyabr oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In Rossiyaga yana 10 ming askar jönatmoqçi ekanini maʼlum qilgandi. 

Janubiy Koreya rasmiylariga köra, Şimoliy Koreya rahbariyati Rossiyaga 15 mingga yaqin askar yöllagan.

Şimoliy Koreyaning BMTdagi vakili dastavval mamlakat öz harbiylarini Rossiyaga jönatayotgani haqidagi maʼlumotlarni rad etgan edi.

Putin 2024-yil 24-oktyabr kuni Qozonda bölib ötgan BRIKS sammiti yakuniy matbuot anjumanida Şimoliy Koreya harbiylari Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, bu masala Moskva va Pxenyanning işi ekanini qayd etgan. Şuningdek, u ikki davlat örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi şartnomaning 4-moddasida «Agar tomonlardan biri bir yoki bir neçta davlatlarning qurolli hujumi tufayli uruş holatiga tuşib qolsa, ikkinçi tomon unga öz ixtiyoridagi barça vositalar bilan harbiy yordam körsatadi» degan talab borligini eslatgan.

Şimoliy Koreya Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşda qurol-aslaha bilan ham kömak berib kelmoqda. AQŞ ham Şimoliy Koreya Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlari evaziga qurol-aslaha berayotganini tasdiqlagan.

Pxenyan, şuningdek, Koreya yarimorolida uruş boşlangudek bölsa, Rossiya madadga kelişiga umid qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring