Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulda O‘zbek tili kuni munosabati bilan anjuman o‘tkazildi

Kobulda O‘zbek tili kuni munosabati bilan anjuman o‘tkazildi

foto: tolonews.com

Tadbirda xohlovchilar milliy liboslar va o‘zbek tilidagi kitoblar bilan tanishish, milliy taomlardan tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bayramda Bakhtar, Salam Watandar, Radio Television of Afghanistan telekanallarining o‘zbek tilida efirga uzatildi.

Mamlakatimizning Afg‘onistondagi elchisi Yadgarxo‘ja Shadmanov O‘zbekiston Balx, Jauzjon, Faryob, Saripul, Qunduz viloyatlaridagi oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘zbek tili o‘qituvchilari bilan aloqa o‘rnatib, ularga o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha kitoblar tarqatishda har tomonlama yordam berayotganini alohida ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda O‘zbek tili kuni mamlakatning rasmiy bayrami hisoblanadi. O‘zbeklar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi, ularning soni 2 milliondan oshadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring