Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreml Bashar Asad bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi

Kreml Bashar Asad bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi

Foto: RBK.

Kreml Bashar Asad bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriya prezidenti Ahmad al-Sharaa va RF yetakchisi Vladimir Putin hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar al-Assad taqdirini muhokama qilgani haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

Brifingda Peskov Kremlda Asad Damashqqa ekstraditsiya qilinishi haqida hech qanday izoh yo‘qligini aytdi. 

15-oktyabr kuni Moskvada Vladimir Putin va Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Shara o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu ikki siyosatchining ilk uchrashuvi bo‘lib, ikki yarim soat davom etgan. Muzokaralar chog‘ida ular o‘z mamlakatlari o‘rtasidagi uzoq yillik va mustahkam munosabatlarni muhokama qildilar va janob al-Shara Rossiyaning yangi Suriyani rivojlantirishdagi muhim rolini e’lon qildi. 

Dekabr oyida Rossiya Bashar Asad va uning oilasiga boshpana bergan edi. Germaniyaning Zeit gazetasiga ko‘ra, Asad hozir oilasi bilan “Moskva Siti” majmuasida yashaydi va soatlab video o‘yinlar o‘ynash bilan band. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring