Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi

«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi

Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus Siti Xoll»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchini hibsga olishni so‘ramoqda. Uning ismi Alisher Hotamovich Qosimov. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Alisher Qosimovga oid material sudga taqdim etildi», — deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.

Alisher Qosimov 31 yoshda, asli qirg‘izistonlik, lekin Rossiya fuqarosi. Oilali, uchta farzandi bor, kattasi 4 yoshda. Qarindoshining aytishicha, u oshpaz bo‘lib ishlaydi.

Sudya: — Sizni nimada ayblashayotganini tushunyapsizmi?

Qosimov: — Men «Avito»da kvartirani ijaraga berganman.

139 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumga bevosita aloqador bo‘lgan to‘rt nafar gumonlanuvchi yakshanba oqshomida qo‘lga olingandi.

Dushanba kuni sud yana uch kishini — ikki aka-uka va ularning otasini hibsga oldi. Teraktda gumon qilinganlar aka-ukalardan biridan mashina sotib olgan.

Avvalroq terakt ishtirokchilarini qanday jazo kutayotgani aytilgandi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin xolis tekshiruv o‘tkazish va buyurtmachilarni topishni buyurgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring