Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

London metrosida «arvoh izlari» paydo bo‘ldi

London metrosida «arvoh izlari» paydo bo‘ldi

Britaniya poytaxti jamoat transportini boshqaradigan Transport for London (TfL) Elizabet liniyasi (Elizabeth line) platformalarida paydo bo‘lgan sharpa izlaridan xalos bo‘lishga harakat qilmoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Odamlarning sharpasini eslatuvchi dog‘lar g‘ayritabiiy hodisa emas.. Ular o‘rindiqlar orqasida shakllangan, chunki yo‘lovchilar doimo orqalarini devorlarga suyab o‘tirishadi.

London shahar kengashi a’zosi Karolin Pidjon shahar meri Sodiq Xonga ushbu masala yuzasidan so‘rov yubordi. Undan TfL stansiyalarini toza saqlashni ta’minlashini so‘rashdi.

Elizabet liniyasidagi ba’zi stansiyalarda devorlar panellar bilan qoplangan, bu yerda «arvohlar» o‘rniga odamlarning rangli figuralari, shuningdek, avtomobillardagi o‘rindiqlar dizayniga mos keladigan naqshlarni ko‘rish mumkin.

Elizabeth line 2022 yil may oyida ishga tushirilgan va London transport tizimidagi eng yangi liniya hisoblanadi.

Ayni paytda haftasiga 3,5 millionga yaqin yo‘lovchi ushbu liniyasi xizmatlaridan foydalanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring