Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

 «Mariupolda 20 kun» hujjatli filmiga «Oskar» berildi

 «Mariupolda 20 kun» hujjatli filmiga «Oskar» berildi

Ukrainalik rejissyor Mstislav Chernovning «Mariupolda 20 kun» filmi «Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film» nominatsiyasida «Oskar»ga sazovor bo‘ldi.

«Men bu filmni hech qachon suratga olmasam edi», dedi Chernov marosim paytida.

«Men ushbu “Oskar”ni Rossiya hech qachon Ukrainaga bostirib kirmasligi va boshqa hech qachon bizning shaharlarimizga hujum qilmasligiga almashgan bo‘lardim», - deya qo‘shimcha qildi rejissyor.

Ushbu «Oskar» Ukraina filmi mualliflariga berilgan tarixdagi birinchisidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring