Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada bolalar eskalatordan yiqilib tushishdi (video)

Moskvada bolalar eskalatordan yiqilib tushishdi (video)

Foto: «Msk-news.net»

Moskvaning «Megapolis» savdo markazidagi eskalatordan ikkita bola yiqilib tushdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

Hodisa 17-oktyabr kuni qizcha opasi hamrohligida bolalar aravachasi bilan eskalatorda pastga tushayotganda sodir bo‘ldi. Kutilmaganda qiz va aravachadagi go‘dak eskalator zinalari bo‘ylab pastga dumalab ketgan. Ushbu hodisa kuzatuv kameralariga muhrlangan.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, qizcha ham, aravachadagi go‘dak ham tibbiy yordamga ehtiyoj sezmagan. Voqeadan so‘ng ular oilasi bilan birga uylariga qaytishgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, voqeadan so‘ng 2013 hamda 2018-yillarda tug‘ilgan bolalar tibbiyot markaziga yetkazilgan. Ulardan biri haliyam shifoxonada davolanmoqda.

Lekin prokuratura bilan tergov qo‘mitasi buni shundayligicha qoldirish niyatida emas. Moskva prokuraturasi matbuot xizmati boshlig‘i Lyudmila Nefedovaning aytishicha, bu o‘rinda ota-onaning xatti-harakatiga baho beriladi. Shu bilan birga, savdo markazida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning aholi hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligi hamda voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi federal qonunchilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring