Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada migrantlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi: mojaro ortidan hozirgacha 82 kishi hibsga olingan

Moskvada migrantlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi: mojaro ortidan hozirgacha 82 kishi hibsga olingan

Moskvada politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvdan so‘ng 82 nafar chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Voqea 15-dekabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Mojaro mahalliy politsiyachi 21 yoshli migrantning hujjatlarini tekshirishga uringanidan keyin boshlangan. Ta’kidlanishicha, u talabga bo‘ysunmay, politsiyachini o‘z avtomobilida bir necha metr sudrab, qochishga uringan, so‘ng mashinadan tushib, uni bir necha marta urgan.

Ko‘p o‘tmay, bir necha o‘nlab migrantlar voqea joyiga yig‘ilib, politsiya bilan tortishib ketgan. Ofitserlar havoga bir necha marta o‘q uzgan, shundan so‘ng ular hibsga olishni boshlagan.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan mayda bezorilik va immigratsiya qonunchiligini buzganlik moddalari bo‘yicha bayonnomalar tuzilgan. Avtomobil haydovchisiga nisbatan zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring