Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mutaxassis AQSh urushlarda nima uchun g‘alaba qozonmayotganini tushuntirdi

Mutaxassis AQSh urushlarda nima uchun g‘alaba qozonmayotganini tushuntirdi

Foto: «U.S. Army / Sgt. Sean Harding»

Qo‘shma Shtatlar o‘z siyosatchilarining xatti-harakatlari tufayli urushlarda yutqazmoqda, dedi ekspert Lourens Korb «National Review»da chop etilgan maqolasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Vashington Afg‘onistondagi vaziyatga ta’sir o‘tkaza olmayapti. Endi bo‘lsa Iroqdagi harbiy kontingentni qisqartirmoqda.

Korbning fikricha, AQSh Iroqni ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishda asossiz aybladi, pirovard natijada esa bunday qurol topilmadi. Shunga qaramay, amerikaliklar mahalliy neft ustidan nazoratni o‘rnatishdi, ammo uni sotishdan tushgan mablag‘lar nufuzli urug‘-aymoqlar va xususiy harbiy kompaniyalar o‘rtasida taqsimlanmoqda.

Afg‘onistondagi hodisalarni tahlil qilarkan mutaxassis AQSh armiyasi bu mamlakatda o‘zgarishlarga erisha olmaganini, keyingi 20 yil ichida esa o‘z obro‘siga tuzatib bo‘lmas darajada zarar yetkazganini ta’kidlagan.

Maqola muallifining yozishicha, Amerika qurolli kuchlari dunyoga «demokratiyani yoyish»ga qodir bo‘lmay qolganiga ancha bo‘lgan. Ustiga-ustak, Korb demokratiya Qo‘shma Shtatlarning o‘zida qoldimikan, deb kinoya qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring