Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO Polshaga yadro qurolini joylashtirishi mumkin

NATO Polshaga yadro qurolini joylashtirishi mumkin

NATO Polshaga yadroviy quroldan birgalikda foydalanish bo‘yicha Yadro almashish dasturiga qo‘shilishga ruxsat berdi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi yozmoqda.

Qayd etilishicha, Polshaning Yadro almashish dasturiga kirishi mamlakatga yadro qurolini joylashtirish imkonini beradi. Hozirda Varshava alyansning harbiy mashg‘ulotlarida Yadroviy rejalashtirish guruhi (NPG) a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, Rossiyaning Belarusga taktik yadro qurolini joylashtirish haqidagi qarori NATOni cho‘chitib yuborgan. Lekin NATOning Polshaga yadro qurollarini joylashtirish jarayoni uzoq vaqt davom etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, hozirda NATOning faqat uchta davlati yadroviy salohiyatga ega. Bular: AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring