Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATOning sukutidan Yevropa xavotirda

NATOning sukutidan Yevropa xavotirda

Foto: Reuters

Donald Tramp Grenlandiyani egallash niyatida, NATO esa jim — sukunat Yevropa Ittifoqi davlatlarini xavotirga solmoqda, deb yozdi o‘z manbalariga asoslangan Financial Times.

NATO Daniya huquqlarini himoya qila olmasligi ehtimolidan Yevropa yetakchilari qattiq tashvishda. Bu o‘z ittifoqchilarni bilgan ko‘yga solish niyatidagi Trampning tegirmoniga suv quyish bilan barobar.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful 11-yanvar kuni Bild nashriga intervyusida AQSh prezidentining Grenlandiyaga hududiy da’volarini qoraladi. Orolning hududiy suverentiteti masalasini faqat Grenlandiya va Daniya hal qiladi, dedi u.

Donald Tramp 4-yanvardagi bayonotida Grenlandiya ustidan nazorat o‘z mamlakati uchun «o‘ta zarur»ligi ta’kidladi. Daniyaga qarashli orol tevaragi Rossiya va Xitoy kemalariga to‘lib ketgan, AQSh o‘z mudofaa xavfsizligi uchun orolni egallashi kerak, degan u.

Ammo ko‘pgina razvedka ma’lumotlarini dastak qilgan yevropalik siyosatchilar Grenlandiya yaqinida rus va xitoy kemalari deyarli yo‘qligi, borlari ham Arktikaning Norvegiyaga yaqin qismida kuzatilganini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring