Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nazarboyevning vakolatlari kengaytirildi

Nazarboyevning vakolatlari kengaytirildi

Foto: «24 Kanal»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev birinchi davlat rahbari (Nursulton Nazarboyev)ning davlat hokimiyati organlari tizimidagi kadrlar siyosati bo‘yicha vakolatlarini kengaytirdi

«REGNUM» yozishicha, prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, xususan, Tashqi ishlar hamda Ichki ishlar vazirliklaridan tashqari, barcha vazirlik rahbarlarini prezident Xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarboyev bilan kelishgan holda tayinlaydi.

Bundan tashqari, bevosita Qozog‘iston prezidentiga bo‘ysunuvchi organlar rahbarlarini tayinlashda ham Xavfsizlik kengashi raisi bilan bamaslahat ish tutiladi.

Xabarlarga ko‘ra, Qozog‘istondagi barcha shaharlarda Nazaraboyev nomidagi ko‘chalar ham paydo bo‘ladi.

Yana bir ma’lumot, Nursulton Nazarboyev anchadan beri tasviriy san’at bilan shug‘ullanish orzusida yurgan ekan. Hozir moybo‘yoqda peyzajlar ustida ishlayapti, kelgusida uning asarlari muzeylardan o‘rin olishi mumkin. O‘zining aytishicha, shu paytgacha do‘stlari va tanishlarining iltimosiga ko‘ra, 30 ta asarni nihoyalashga ulgurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring