Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Netanyahu idorasiga havo zarbasi berildi. Uning taqdiri hozircha noma’lum – IIQK

Netanyahu idorasiga havo zarbasi berildi. Uning taqdiri hozircha noma’lum – IIQK

Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi «Xaybar» turidagi raketalar bilan amalga oshirilgan o‘ninchi to‘lqin hujumlarida Isroil hukumat majmuasi nishonga olinganini ma’lum qildi.

Bayonotda aytilishicha, «sionistik rejim» bosh vaziri idorasi hamda mazkur rejim harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni joylashgan manzil «maqsadli va kutilmagan zarbalar»ga uchragan. Eron qurolli kuchlari bu hujumlar «og‘ir zarba» bo‘lganini ta’kidlagan.

«Sionist rejimining jinoyatchi Bosh vazirining idorasi va havo kuchlari qo‘mondoni joylashgan joy IIQK qurolli kuchlari tomonidan o‘ninchi to‘lqinda «Xaybar» raketalarida nishonga olingan. Kutilmagan va jiddiy zarbalar berildi», – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, bayonotda Isroil bosh vazirining taqdiri «noma’lum holatda» ekani bildirilgan. Hozircha bu iddaolar bo‘yicha mustaqil tasdiq mavjud emas.

Eron tomoni o‘ninchi to‘lqin doirasidagi raketa hujumlari asosan Isroilning «hukumat kampusi»ga qaratilganini, amalga oshirilgan zarbalar natijalari va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qilgan.

Hozircha Isroil rasmiylari ushbu bayonot yuzasidan munosabat bildirganicha yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring