Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel tinchlik mukofoti rossiyalik va filippinlik jurnalistlarga berildi

Nobel tinchlik mukofoti rossiyalik va filippinlik jurnalistlarga berildi

Norvegiya Nobel qo‘mitasi 2021-yilgi Nobel tinchlik mukofotini Roosiyaning «Novaya gazeta» nashri bosh muharriri Dmitriy Muratov va filippinlik jurnalist Mariya Ressaga topshirdi. G‘oliblarning ismini bugun qo‘mita raisi Berit Rayss-Andersen o‘qib eshittirgan.

Qo‘mita mukofotni «demokratiya va mustahkam tinchlik uchun shart bo‘lgan so‘z erkinligini himoya qilishdagi sa’y –harakatlari» uchun berishga qaror qilgan.

«Demokratik jamiyatlar urush va to‘qnashuvlarning oldini oladi, bu jamiyat urushlar va nizolarga qarshi qura oladigan eng yaxshi mudofaa. Lekin so‘z erkinligi bo‘lmagan joyda demokratiya yo‘q»,—deydi Norvegiya Nobel qo‘mitasi rahbari Berit Rayss-Andersen.

«Ular juda jasur, taniqli jurnalistlar, jurnalist bo‘lish nimani anglatishini va so‘z erkinligidan juda qiyin, cheklangan sharoitlarda ham foydalanish mumkinligini ko‘rsatib berishdi», —dedi u.

Dmitriy Muratov - tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi rossiyalik jurnalist. Ilgari bu mukofotni sobiq SSSR rahbari Mixail Gorbachyov 1990-yilda olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring