Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noqulay ob-havo 60 dan ziyod kishining umriga zomin bo‘ldi

Noqulay ob-havo 60 dan ziyod kishining umriga zomin bo‘ldi

Yaponiyada yoqqan kuchli jala tufayli halok bo‘lganlar soni 62 nafarga yetdi. Bu haqda «CA-news.org» xabar bermoqda.

45 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

«Kiodo» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra halok bo‘lganlarning aksariyati Xonsyu orolining janubi-g‘arbiy hududidagi Xirosima viloyati hamda Sikoku orolidagi Exime viloyatida yashagan.

«NHK» telekanali ma’lumotlariga qaraganda 6 kishi o‘zini bilmay qolgan, 45 kishi esa bedarak yo‘qolgan.

«Assoshieyted Press» agetligi ma’lumotlariga ko‘ra esa 76 kishi halok bo‘lgan.

Shu yil 6 iyul kuni Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida kuchli jala yoqqan edi. Ertasi kuni ertalab suv sathi qator uylarning ikkini qavatigacha ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring