Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Nazarboyev: «Qayerda qizlar kam tug‘ilsa, u davlatning kelajagi yo‘q»

Nursulton Nazarboyev: «Qayerda qizlar kam tug‘ilsa, u davlatning kelajagi yo‘q»

Foto:«Twitter»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning fikricha, qizlar kam tug‘iladigan davlatning kelajagi yo‘q. U bu haqda «Qozog‘istonning 100ta yangi shaxsi» loyihasi g‘oliblari bilan uchrashuvda gapirdi, deya xabar bermoqda «Zakon.kz».

«Masalan Xitoyda erkaklar ayollarga nisbatan 60 millionga ko‘p. Ular turmush o‘rtoq izlab, boshqa davlatlarga ketmoqdalar. Agar ayollar kam bo‘lsa, o‘sha millat bora-bora yo‘qolib ketadi. 3000-yilgacha aholi tarkibida ayollar kam bo‘lgan millatlar yo‘q bo‘lishi aytilmoqda. Bu haqda o‘ylash og‘ir, ammo bu haqiqatga yaqin, kelinglar, qizlarimizni asraylik»,  degan Nazarboyev. 

  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring