OAV: Eronga qarshi urush yana kamida 2-3 hafta davom etadi
Axios nashriga intervyu bergan Isroil rasmiylariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiyani keyingi ikki-uch hafta ichida tugatishni rejalashtirmayapti.
Biroq, ular Amerika prezidenti o‘z maqsadlariga erishilganiga ishonsa, «to‘satdan qaror qabul qilishi» mumkinligini tan olishdi.
Axios manbalaridan biriga ko‘ra, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi «hali yetarlicha zaif emas» va AQSh o‘z maqsadlariga erishish uchun vaqtga muhtoj. Nashrning arab manbasi ta’kidlashicha, AQSh operatsiyasi tugagandan so‘ng, Eron Amerika qo‘shinlari va Fors ko‘rfazi davlatlariga hujum qilishni davom ettirishi mumkin.
AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladilar. Oq uy operatsiya to‘rt-olti hafta davom etishini ma’lum qildi. Eron prezidenti Masud Pezeshkiyon mojaroni tugatish uchun AQSh va Isroildan tovon puli talab qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter